MILLIY QADRIYATLAR JOZIBASI

Date:

Inson dunyoga kelibdiki, qalbi san’atga oshno, ona allasi ila orom oladi. Ohangga mast bo‘ladi. Hayotimizning keyingi bosqichlarida ham doston-u termlar, laparlar tinglab, milliy qadriyatlarimizni qadrlab yashaymiz. Haqiqatan, bu ohanglarda shunday bir sehrli kuch borki, quloqqa hush yoqadi. Sizni hayotingizning eng baxtli damlariga qaytaradi, shirin xotiralarni uyg‘otib yuboradi. Ma’naviy-estetik ruh berib, kayfiyatingizga ta’sir etadi. O‘zlikni anglashga undaydi.


Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti sirtqi ta’lim (o‘zbek tili) talabalari tomonidan xalqimizning qadimiy ijod jarayoni bo‘lgan folklor an’analariga bag‘ishlangan “MILLIY QADRIYATLAR JOZIBASI” nomli tadbir o‘tkazildi. Unda talabalar tomonidan xalqimizning urf-odatlaridan bo‘lgan kelin salom, lapar, alla hamda baxshi termasidan namunalar namoyish etildi. Tadbir yakunida tadbirda faol qatnashgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun