85 nafar yoshga asbob-uskunalar topshirildi

Date:

Xafsalasi va istagi bor odam har doim o‘zi uchun chiqish yo‘li topa oladi. Muhimi ishbilarmonlik va tadbirlilikda. Shu maqsadda yoshlarning ishsizligi bugun muammo emas. Ular oddiy tikuv mashinasi yo motokultivator bilan ham yoki oddiy kompyuter jamlanmasi bilan ham o‘zini-o‘zi band qilib, kunlik daromad topishayotir. Bu borada davlatimiz rahbarining yoshlar bilan yangicha tizimda ishlash bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan, Sariosiyo tumanida ham amaliy ishlar olib borilayotgani fikrimiz isbotidir.
Xususan, tumandagi umumta’lim maktabini tamomlagan yoshlarning bandligini ta’minlash va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga asbob-uskuna va jihozlarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Yoshlar bog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirok etib, 85 nafar bitiruvchi yoshga 4 turdagi asbob-uskunalar tarqatildi. Jumladan, yoshlarning 22 nafariga motokultivator, 4 nafariga notebook, 46 nafariga tikuv mashinasi, 13 nafariga payvandlash uskunasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun