“MIRZO ULUG‘BEK” ONLAYN MAKTABI TASHKIL ETILDI

Date:

Maktabga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchi ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadni katta oladi. Faqat “5” bahoga o‘qishni, qandaydir mukofotlar sovrinori bo‘lishni, sportda chempionlikni, ingliz tilini mukammal o‘rganib, sertifikat olishni istaydi. Albatta, bu ro‘yxatdagi istaklarga erishish uchun tinimsiz izlanadi, o‘qib o‘rganadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek” onlayn maktabining ochilishi esa yoshlarning orzu va maqsadlarini yana bittaga ko‘paytirdi.
Quvonarlisi, onlayn maktab doirasida hozirda test-sinov tariqasida 3 ta tog‘li va chekka hududdagi maktablar tanlab olindi. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablardir.
Mazkur maktablarda yuqori sinf o‘qivchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qo‘shimcha ta’lim olishadi. Ushbu onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad respublikaning chekka hududlari va tog‘li joylarda ta’lim sifatini oshirish hamda ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar olingandan so‘ng Respublikaning boshqa tog‘li va chekka hududlaridagi ta’lim muassasalariga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatlar toifaga bo‘linadi

2026-yil 1-aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aholi bilan muloqot tizimini...

Nazorat kuchaytiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, muammoli kreditlarni undirish ishlari endi ixtisoslashtirilgan...

Raqam nomingizda bo‘lishi shart

Yangi tartibga ko‘ra, 22-apreldan boshlab mobil ilovalar va bank...

Harbiy qismga sayohat

Muzrabot tumani IIB boshlig‘i tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash...
KunTun
KunTun