“Inklyuziv ta’lim” guruhlari ochildi

Date:

Termiz shahridagi 31-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi, Yevropa Ittifoqi hamda UNICEF hamkorligida “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Inklyuziv ta’lim” guruhlarining ochilishiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.


Unda Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi, viloyat hokimligi, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mametzade, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, shuningdek, ota-onalar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad, afg‘on fuqarolari farzandlari, shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi farzandlarini inklyuziv ta’limga qamrab olishga qaratilgan. Loyiha doirasida viloyatda 8 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 10 ta “inklyuziv guruhlar” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.


Termiz shahri, Termiz, Muzrabot tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ochilayotgan mazkur ko‘p tilli muqobil guruhlarda bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun kerakli jihozlardan tortib, o’quv qurollari, turli xildagi o’yinchoqlar hozirlab qo’yilganki, bunda bolajonlar mutlaqo bepul ta’lim-tarbiya olishadi.
Har bir bola tili, dini, millatidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquqli ekanligi, munosib shart-sharoitda ta’lim-tarbiya olishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada ham mustahkamlab qo’yilgan.


Tadbirda so’z olgan UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mametzade ham bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishda ayni shu jihatlar to’laqonli ta’minlanishi kerakligini alohida ta’kidladi.
Tadbirga maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan raqslar guldastasi yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shundan so‘ng, Termiz shahridagi 3-umumta’lim maktabida ham mazkur loyiha doirasida afg‘on fuqarolarining farzandlarini “Inklyuziv ta’lim”ga qamrab olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

A.Safarova,

N.Muhibulloyev

(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Fayz” savdo markazi ochildi…

Bugun Bandixon tumani aholisi uchun unutilmas shodiyona kun...

“G‘armaqo‘rg‘on” yo‘llari asfaltlanmoqda

Ko‘chalarimizning notekis o‘nqir-cho‘nqirligi nafaqat kayfiyatimizga balki xavfsizligimiz uchun ham...

Jarimasi bor…

Telefonsiz hayotimizni tasavvur eta bo‘lmas darajaga yetganmiz. Uyda ham,...

Yig‘im-terim avj oldi

Kuz fasli qishloq xo‘jaligi sohasida yil davomida amalga oshirilgan...
KunTun
KunTun