25-oktyabrdan 1-dekabrgacha

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida kuni kecha turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilganidan xabaringiz bor. Ushbu loyihaga ko‘ra yurtimizda 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha, “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi. Bundan ko‘rinadiki, mavsum davomida ekiladigan ko‘chat va nihollar bir necha yil ichida tup yozib, gurkirab yashnaydi. Tabiatni, ekologiyani sof holda asrashga o‘zining munosib ulushini qo‘shadi.
Sababi, respublikamiz bo‘ylab mavsum davomida 85 million tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan. Rejalar va yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida uzunliklar harakatni boshlab yubordilar. Yenglarini shimarib, belni mahkam bog‘ladilar-da, Uzun tumanini bog‘-u bo‘ston, yashillikka burkash ishlari boshlab yuborildi. Yosh-u keksa birdamlikda, yaxshi niyat bilan huquq iqlimi va joylashuviga mos va xos bo‘lgan daraxt ko‘chatlari tanlanib, ekish ishlari boshlab yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun