Huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yib…

Date:

Huquqini bilgan odam hech qachon uni buzmaydi. Sababi jazo tayinligini biladi. Afsuski, haq-huquqlari haqida bilmaydigan, bilsa-da, jiddiy e’tibor bermaydiganlar ham bo‘ladi. Bunday e’tiborsizlik esa illatlarga, jinoyatlarga debocha bo‘lishi hech kimning xayoliga ham kelmasligi mumkin. Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi binosida Mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi dotsenti R.Shakurov hamda mutaxassislar so‘zga chiqib, korrupsion jinoyatlar, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish va ularning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berdilar.
Ko‘tarilgan mavzular dolzarb va muhim. Shu sababdan ham ishtirokchilar har bir jihatga e’tibor qaratdilar, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, yetarlicha javob olishdi.

Oldingi sahifaDavra suhbati o‘tkazildi
Keyingi sahifaMarkazga tashrif

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun