Markazga tashrif

Date:

Yurtimizda ta’lim sifatiga, yetuk va salohiyatli kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan. O‘zbek yoshlari bilan birga qardosh xalqlarning o‘g‘il-qizlari ham ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda emas. Buni bir necha yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatidan ham bilish, ko‘rish mumkin. E’tirof etish kerakki, ushbu markazda afg‘on yoshlariga tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan amaliy va nazariy bilimlar berib kelinmoqda.


Afg‘on yoshlarining har bir kuni mazmunli va foydali o‘tayotgan markazga Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston va Pokiston (gumanitar yordam va mojarolarni hal qilish) bo‘yicha boshqarmasi maslahatchilari Rebekka Tompson, Salli Folkner hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasining Afg‘onistoning hududiy va siyosiy masalalari bo‘yicha 2 kotibi Genrietta Aleksandro hamda YUNISEFning Termizdagi filiali rahbari Eraj Kaniyevlar tashrif buyurdilar.


Mehmonlar dastlab, markazda yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, markaz Axborot resurs markazi, o‘quv va laboratoriya xonalari hamda BMT, Yevropa Ittifoqi grantlari asosida tashkil etilgan xonalar faoliyati bilan tanishib o‘tdilar.
Markazda yaratilgan imkoniyat va sharoitlar mehmonlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun