SABOQ

Date:

Hayotidan yaxshilik izlamaydigan bir qizga otasi saboq berish uchun oshxonaga chorladi. Uch xil idishdagi qaynagan suvga kartoshka, tuxum va qahva donalarini soldi. Yigirma daqiqadan so‘ng barini idishga bo‘shatib, qiziga yuzlandi:
— Qanday o‘zgarish yuz berdi?
Qiz kartoshka yumshaganini, tuxum qattiqlashganini, qahva esa xushta’m sharbatga aylanganini aytdi.
— Lekin bu bilan nima demoqchiligingizni tushunmadim?
— Hayot mashaqqatdan iborat. Mashaqqatlar iskanjasida kartoshkaday ezilib qolasanmi, yo qalbing tuxum kabi qattiqlashadimi, yo bo‘lmasam,
qahva donachalaridek g‘amga bo‘yin bermay o‘zingni komillashtirib, hayotingga ayricha ta’m hadya etasanmi?
Qiz o‘zining noshukurligidan uyalib qoldi. Shunda ota qizining boshini silab:
— Hayot hikmat izlab yashash uchun berilgan. Unga kulib boqsang, hayot ham senga kulib boqadi, — dedi.

Oldingi sahifa… faoliyati o‘rganildi
Keyingi sahifa2:1 hisobda…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun