“Clean games”

Date:

Volontyorlar ko‘plab tashabbus va loyihalari bilan atrofdagilarga ibrat va namuna bo‘lib kelmoqda. Bu esa ularning safdoshlari kengayishiga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli. Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamda Ekologik partiya hamkorligida tashkil etilgan “Clean Games” ekologik o‘yinida ham volontyorlar faollik ko‘rsatishdi.
Eng muhimi, ekologik o‘yinda 60 dan oshiq yosh ishtirok etib, chor atrofdagi chiqindilarni yig‘ishni boshladilar. Buni qarangki, bir zumda, ishtirokchilar sa’y-harakati bilan ko‘chalar obod, toza-ozoda ko‘rinish kasb etdi. Shu kunning o‘zida 1855 kilogramm chiqindi yig‘ildi.
Ekologik o‘yinda hech bir harakat va faollik e’tiborsiz va rag‘batsiz qolmadi. Yakunda g‘oliblar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Albatta, tozalik, ekologiyani sof holda tutish uchun ko‘p narsa kerak emas, shunchaki e’tiborli bo‘lish, iste’molimizdan chiqadigan chiqindilarni duch kelgan joyga uloqtirmaslik, ne’matlarni isrof qilmasligimiz lozim, xolos.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun