Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi nazorat kuchaytirilsa…

Date:

Opa Turkiyada bir muddat ishlab uyiga qaytdi. Opasini nima ishlar qilib yurganini bilgan (voyaga yetmagan) uka esa ulg‘ayib qolgan emasmi, oriyati qo‘zg‘ab, o‘zicha opasini tergab, aqlini kiritib qo‘ymoqchi bo‘ldi. O‘rtada tortishuv janjalga aylanib ketdi. Yolg‘iz onaning qo‘lidan esa hech narsa kelmadi. Oxir-oqibat qonga belangan opani ko‘rgan qo‘ni-qo‘shnilar tez yordamga, mahalla inspektoriga sim qoqishdi. Zumda kerakli yordam ham keldi. Opa ukani urganlikda aybladi, uka esa tan olmadi. Shunda opaga himoya orderi berilib, ukasidan himoyalanadigan ham bo‘ldi. Xolbuki, so‘rab-surishtiruvlar natijasida aniq bo‘ldiki, pixini yorgan opa o‘ziga-o‘zi qasd qilib, jarohat yetkazib, ukasini ayblagan bo‘lib chiqdi.


Afsuski, atrofimizda ana shunday holatlar ham sodir bo‘lib, ayollar, bolalar hayoti xavf ostida qoladi. Asosiysi esa voqeaning aslida qanday sodir bo‘lganini, asl jabrlanuvchini bilib olmoqlik kerak. Xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va o‘rni oshib borayotgani, turli sohalarda faoliyat yuritib, obro‘-e’tibor qozonayotgani haqida bot-bot to‘xtalayotgan bir paytda, hali-hamon ularning zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrayotgani ayanchli. Xo‘sh, qachon bunday holatlarga chek qo‘yilib, amalda ayollarning, onalarimiz, opa-singillarimizning tinch-osoyishta, farovonlikda yashaydi. Afsuslar bo‘lsinkim, oramizda hali ham johil, manfur, yaqinlarining, ya’ni nozik xilqat egalarining joniga ozor yetkazishdan to‘xtash bilmaydigan kimsalar ham bor.


Albatta, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni munosib qo‘llab-quvvatlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash, qolaversa, xotin-qizlarning barcha sohalardagi faolligini oshirish bugungi davrning talabiga aylangan. Shu maqsadda jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari mavzusida Termiz shahridagi Matbuot uyida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, NNTlar, OAV, jamoatchilik nazoratini oshirish va hamkorligini yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Davra suhbati qizg‘in muhokamalar va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

S.Normurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Oldingi sahifa“Clean games”
Keyingi sahifaShartli ravishda…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun