Pokiston elchisi Surxondaryoga tashrif buyurdi

Date:

Xalqaro hamkorlik va tashriflar ikki tomonlama kelishuvlarga, manfaatli shartnomalar tuzilishiga xizmat qiladi. Ayni maqsadda Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Axmed Faruk boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani Surxondaryo viloyati hokimi nomidan viloyat hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev hamda Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev qabul qildi.
Uchrashuvda viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investitsiyaviy xususiyatlari, shuningdek, “Termiz xalqaro savdo markazi”da Pokiston bilan o‘zaro faol hamkorlik aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Tomonlar o‘zaro qiziqtirgan masalalarda fikr almashib, hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Shundan so‘ng, mehmonlar Termiz xalqaro savdo markazida amalga oshirilayotgan loyihalar, xalqaro logistika markazi hamda mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. Delegatsiya a’zolarining viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun