“Yor-yor”dan boshlanib…

Date:

So‘nggi vaqtlarda zamonaviylashib ketdikmi yoki o‘zbekona andishani unutdikmi, juft topish uchun hatto televideniyega chiqishdan ham uyalmay qo‘ydik. Er topa olmayotgan-u xotinsizlarni uchrashtiradigan manzil esa “Yor-yor” ko‘rsatuvi bo‘ldi. Murojaat qilganlarga munosib “variant”larning taklif etilishi, bozordan qo‘y tanlagandek, er yoki xotin tanlashlardan ensasi qotmaydiganlar maza qilib tomosha qiladigan ko‘rsatuvning ta’rifini eshitmagan, bir bora bo‘lsa-da tomosha qilmagan bo‘lmasa kerak.
Yetmaganiga qilgan ishlaridan mamnun boshlovchi-dallollar esa ikki tomonning didiga (xuddi bir ko‘rganda bilib qolgandek) mosini tavsiya ham qilishadi. Biz nima to‘g‘ri-yu, nima xato ekani haqida hukm chiqarishdan yiroqmiz. Eng to‘g‘ri qarorni esa har kimning o‘zi chiqarib oladi. Ammo, “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali tanishganlarning sevgi-muhabbatidan o‘t chiqdi.
2023-yilning 28-fevral kuni G‘uzor tumani IIBga tumanning “Mirishkor” qishlog‘ida yashovchi, 35 yoshli S.M. singlisining uyida o‘ldirib ketilgani haqida xabar kelib tushgan. Tezkor tergov guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Marhumaning jasadi hovlidagi chuqurligi 2,5 metrlik quduqdan chiqarib olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Tergov jarayonida marhuma keyingi paytlarda Buxoro viloyatining Jondor tumani, “Demun” mahallasida yashovchi 36 yoshli S.E. bilan uchrashib yurgani aniqlangan. 2021-yilda turmush o‘rtog‘idan ajrashgan S.M. oila qurish maqsadida “Zo‘rTV” telekanalida efirga uzatiladigan “Yor-yor” ko‘rsatuvida chiqish qilgan. 2021-yilning dekabr oyida unga Jondor tumanida yashovchi S.E.dan qo‘ng‘iroq bo‘lgan va ular o‘zaro tanishib olishgan.
G‘uzorga tez-tez qatnashni boshlagan erkak, S.M. bilan uning singlisining uyida uchrashib yurgan. Ammo, to‘ydan darak bo‘lmagan. Oxir-oqibat ayol va erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan: ayolga tan jarohati yetkazib, hushsiz holga keltirgan. So‘ngra esa uni o‘ldi degan o‘yda hovlidagi quduqqa tashlab yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudining hukmi bilan S.E.ga 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun