Muvaffaqiyat sirlari ochildi

Date:

Hayitali Allamurodov ham deputat, ham tadbirkor sifatida 400 ga yaqin fuqaroni ish bilan ta’minlagan, Termiz shahridagi Muzsaroy koʻngilochar maskani, Yubileyniy supermarketi, “Osiyo” to‘yxonasi, “Feredun” restorani, metan zapravkasi, bruschatka ishlab chiqarish sexi, 200 dan ortiq ogʻir-yengil texnikalari, avtogaraji, “Akfa”, MDF, payvandlash sexi, penoblok va shpaklyovka sexlarini bunyod etgan.
Deputatlik faoliyati davomida 8 milliard 515 million so‘mlik moddiy yordamlari ko‘rsatib, og‘ir sharoitda turmush kechirayotgan fuqarolarning turmushini farovon etishda hissa qo‘shib kelmoqda.
Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Termiz Tezkor Qurilish” xususiy korxonasi rahbari, O‘zLiDep viloyat Kengashi deputati, “Do‘stlik” ordeni sohibi Allamurodov Hayitali ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tadbirkorlikka qiziqan yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Muvaffaqiyatga erishgan har bir inson o‘z-o‘zidan shu martabaga yetib qolmaydi. Pillapoyadan bir-bir ko‘tarilar ekan qiyinchiliklar, mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Hayitali Allamurodov ham ana shu bosqichlardan o‘tib, hayotning sinovlarida sinashta bo‘lgan, zarbalariga toblangan. Manzilning oxiri esa nurli va farahbahsh. Muhimi Hayitali Allamurodov nomi bugun ko‘pchilikka tanish va ko‘pchilik o‘rnida bo‘lishni orzu qiladigan tadbirkor. Hayitali Allamurodov hayotidagi bugungi kungacha bo‘lgan bosqichlarni so‘zlab berib, barchaning e’tiborini torta oladi.


Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari, tashabbuslari bilan murojaat qilishdi. Kecha qahramonining aytganlari tadbirkorlikni boshlash istagidagi yoshlar uchun mahorat maktabi bo‘ldi, deyish mumkin. Suhbat bahonasida tadbirkor fuqarolarning dardu tashvishiga ham quloq tutib, ularni hal etishga kirishib ketdi. Har bir murojaatni diqqat bilan tinglagan tadbirkor ko‘tarilgan masalalarni joyiga borgan holda o‘rganishga ham ulgurdi. O‘rganish davomida tadbirkor Termiz shahri, “Pattakesar” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan fuqaro Nargiza Ashurovaning xonadonida bo‘lib, uy-joyi abgor holdaligi, 2 ta farzandi borligi, turmush o‘rtog‘ining jismoniy imkoniyati cheklanganligi hisobga olinib, uy-joyini qaytadan qurib berishga yordam beradigan bo‘ldi. Shuningdek, fuqaro Rayim Salomovning farzandining o‘qishi uchun kontrakti to‘lab berilishi ham belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun