Tarbiyada muhim qadam

Date:

Ota-onalar yig‘ilishiga borsam, o‘g‘limning sho‘xliklaridan o‘qituvchilar dod deydi. Bir necha marotaba tanbeh beraman, urushaman, bosiqlik bilan tushuntirgan bo‘laman, foydasi qayoqda deysiz. Otasiga aytishga esa biroz cho‘chiyman, ota-bola o‘rtasiga qora mushuk soya solmasin deyman-da. Ammo, adashgan ekanman. Maktablarda otalar yig‘ilishi bo‘lib, majlisga otalar chaqirilgandan buyon qulog‘im tinchigan. Yaqinda ko‘chada o‘g‘limning sinf rahbarini uchratib qoldim deng, yana malomatga qolaman desam, qayoqda, maqtov eshitib, quloqlarimga ishonmadim. Bo‘lar ekan-ku! Shu ota-onalar majlisida faqat otalar ishtirok etsin deganning otasiga ming rahmat.


Ha, ko‘pchilik oilalarda aynan otalar majlisi sabab farzandlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratiladigan, yoshlarning boshboshdoqligiga chek qo‘yiladigan bo‘ldi. Ayni paytda maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning otalari bilan davra suhbatlari ham tashkil qilinmoqdaki, bu ham aslo foydadan holi emas. Ana shunday davra suhbati Sariosiyo tumanida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimi A.Donayev ham qatnashib, otalarga hayotiy jarayonlar asosida tushuntirish ishlari olib borishdi.
Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun