Sinov o‘zini oqlasa…

Date:

Farzandlarimizni telefon-u planshetlardan cheklash haqida bong urayotgan bir paytda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim planshetlari berilishi haqida xabar tarqaldi.
Xo‘sh, ta’lim planshetlarining asosiy vazifasi nima? Bu bilan bolalar nimaga erishadi. O‘qishdan chalg‘ib ketishmaydimi, degan ko‘plab savollarni bolalatishimiz aniq. Ammo, shu o‘rinda aytish kerakki, bugungidek texnika-texnologiyalar rivojlangan bir paytda farzandlarimizni ana shunday vositalardan cheklay olmaymiz. Undan ko‘ra ularga bu vositalarni foydali maqsadlarda ishlatishni o‘rgatishimiz zarur.
Ta’lim planshetlari esa bunda eng yaxshi va eng yaqin ko‘makchiga aylanadi. Yashirilgan va taqiqlangan hamma narsa qiziqarli tuyilgani kabi, endi telefon va planshetlarni yashirish va taqiqlash o‘rniga ulardan foydalanish odatiy holga aylanadi. Maxsus dasturlar orqali ta’lim olish, dars tayyorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish mumkinligi esa ayni muddao.
Hozirda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi. Sinov o‘zini oqlasa, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun