O‘smirlar maydonda

Date:

O‘smirlar ham kattalardan qolishmay, sportda o‘z kuch va mahoratlarini ko‘rsatib yuqori marralarni egallab kelmoqda. Xorazm viloyatining Urganch shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasida ham sportchi yoshlar “kichkina demang bizni” deyishgandek, o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Quvonarlisi, ishtirokchilar orasida Oltinsoy tumanining 45-maktabi bitiruvchi sinf va sport maktabi sportchi-o‘quvchisi Shamshod Mardanov ham o‘z vazn toifasida maydonga tushib, bo‘sh kelmadi. Mashg‘ulotlarda toblangan o‘g‘lon 2-o‘rinni egallab, ustozlari ishonchini oqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun