Surxondaryoda ilk bor…

Date:

Tibbiyot sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar haqida ko‘p va ho‘b to‘xtalamiz. Albatta, amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etarlik. Surxondaryo viloyatining har bir tumanida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, tajribali mutaxassislar jalb etilayotir.
Aytish joizki, viloyatda birinchi bor buyrak ko‘chirish amaliyoti bajarildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilib, bemorlarning ahvoli qoniqarli ekani, har bir sog‘ligida shikoyati bor vohadoshimizning ko‘nglida umid va ishonch urug‘ini sochgandek bo‘ladi va o‘zlarini soha mutaxassislarini ishonib topshirishlariga imkon tug‘diradi.
Shuningdek, viloyatda yurak tug‘ma nuqsoni, yurak ishemik kasalligining surunkali va o‘tkir formalari, bosh miya, buyrak va katta qon tomirlarining shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklarni jarrohlik amaliyoti bilan davolash hamda yurak aritmiyalariga “radiochastotali oblatsiya” va “elektrokardiostimulyator” o‘rnatish kabi tibbiy amaliyotlarni bajarish ham yo‘lga qo‘yildi.
Ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2 milliard 580 million so‘m mablag‘ evaziga “Sun’iy qon aylanish apparati” xarid qilingani esa yurakda ochiq usulda 11 turdagi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkoniyati yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun