Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Mutolaa haqida gap ketganda, hammaning ham bu mashg‘ulotdan zavq olishga haqi bor. Albatta, ilm-fan va texnikaning rivojlangani bu borada ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmagan. Kitob mutolaa qilishga sharoit yo‘qmi, sevgan asarimizning audio variantini tinglash ham mumkin. Ayniqsa, bu variant ko‘zi ojizlar uchun ham katta qulaylik yaratadi. Xolbuki, ko‘zi ojizlar uchun tayyorlangan maxsus adabiyotlarni olib yurgandan bu birmuncha qulay tanlov. Ammo, kitobni o‘ qishga nima yetsin.
Termiz shahrida ko‘zi ojizlar uchun maxsus kutubxona ham bor bo‘lib, har qalay eski va ta’mirtalab binoda bo‘lsa ham faoliyat yuritib kelayotgan edi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryoda ish boshlagan ilk kunlarining o‘zidayoq ushbu utubxonadagi shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘ta abgor holatdagi kutubxona uchun yangi va zamonaviy bino qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish topshirig‘ini bergan edi.
Yaxshiyamki, davlatimiz rahbarining joriy yilning 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifida mazkur loyiha taklifi ma’qullanib, amalga oshirishga ruxsat berildi va mablag‘ ajratildi. O‘tgan qisqa davr mobaynida 5,2 milliard so‘mlik loyiha doirasida zamonaviy, ko‘zi ojizlar uchun barcha qulayliklarga ega bino qurilib bitkazildi va viloyat mahalliy byudjetidan 200 million so‘m mablag‘ ajratilib, brayl alifbosidagi, so‘nggi, zamon talablaridagi kitoblar jamlanmalari bilan ta’minlandi.
Mazkur zamonaviy kutubxona binosining ochilish marosimida viloyat hokimi, shahar mutasaddilari, ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ishtirok etib, yaratilgan qulayliklar bilan tanishgan borki, albatta, quvondi va o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun