Jamoat transporti uchun 100 dona avtobus…

Date:

Avtobus eng arzon va qulay avtoulov hisoblanadi. To‘g‘ri, manzilimizga yetgunga qadar biroz vaqt ketar, ammo hamyonimizni tejagani uchun ham ayni shu tanlovni qilamiz. Afsuski, manzilimizga olib boradigan yo‘nalishli avtobusning kelishi birmuncha cho‘zilib, kutib qolamiz. Balki, avtobus yetishmas?..
Ayni jihatlarni hisobga olgan davlatimiz rahbarining shaharlar jamoat transportini rivojlantirish, aholi uchun qulayliklar yaratish borasida belgilab bergan topshiriqlariga asosan Termiz shahrida jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJning Termiz filiali tashkil etildi va 100 dona zamonaviy “Isuzi” avtobusi olib kelinib, yangi tashkil etilgan filialga topshirildi.
Quvonarlisi, ushbu avtobuslar Termiz shahri aholisi va mehmonlari uchun xizmat qiladi va jamoat transportining sifat jihatidan yaxshilanishiga erishiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun