Chaqqonlik va chapdastlik bilan…

Date:

Har bir sportchi mashg‘ulotlardan zavq olmas ekan, hech qachon g‘oliblik sari olg‘a bora olmaydi. Sport turlaridan bir bo‘lmish voleybolda ham xuddi shunday. Bunda chaqqonlik, chapdastlik bilan qilingan harakatlar raqiblarga qarshi mardonavor turishga qo‘l keladi. Sho‘rchi tumanida 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan sportning voleybol turi bo‘yicha viloyat chempionatida ham jamoalar ana shu jihatlarga e’tibor qaratishdi.
O‘yin esa qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tdi. Musobqani kuzatish ham tomoshabinlar uchun maroqli bo‘ldi. Bellashuv yakunida esa mehnat-u harakatlar o‘z natijasini ko‘rsatdi. Oltinsoylik jamoa 3-o‘rinni qayd etgan bo‘lsa, mezbon jamoa 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 1-o‘rinni esa Termiz shahar ISM jamoasi qo‘lga kiritdi. Ajoyib tarzda o‘tgan musobaqada yangi iste’dodlar kashf etildi va terma jamoaga tanlab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun