Bayramga tuhfa: yangi maktab ish boshladi

Date:

Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi shodiyonalari arafasida Termiz tumanida qator ijtimoiy soha bonolari, xizmat ko‘rsatish va kommunal soha obyektlari qatorida 528 o‘rinli, zamonaviy tipda qurilgan, uch qavatli 14-sonli maktab binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu maktab tumandagi “Guliston” mahallasi hududida qad rostlagan bo‘lib, loyiha qiymati 15,6 milliard so‘mni tashkil etdi. O‘quv yilini yangi maktabda boshlashidan o‘g‘il-qizlarning va gulistonliklarning quvonchi cheksiz. Asosiysi, maktabda barcha shart-sharoitlar yaratilgan, sinfxonalar keng va yorug‘, barcha kerakli jihozlar bilan ta’minangan.
Maktab binosining foydalanishga topshirilishi ham katta bayramga ulanib ketdi. Tantanali tadbirda tuman hokimi Shuhrat Nazarov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi bayrami bilan qutladi va bayram arafasida foydalanishga topshirilayotgan mazkur maktabning ishga tushirilishi hudud aholisi uchun bayram tuhfasi bo‘lishini ta’kidladi. Tuman hokimi, nuroniylar, faollar va mutasaddilar bilan maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va yangi o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinayotgan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...

 “Ikkinchi imkon” — yangi yo‘l ochadi

Prezidentning yoshlar bilan muloqotida jazoni ijro etish muassasalarida jazo...

Ta’lim tizimining “Qalqon”i bo‘ladi

Vazirlik nizomiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullari...

Hashar – birdamlik timsoli

Yurtimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom...
KunTun
KunTun