“Mening ilk kitob javonim”

Date:

Ilk o‘qigan kitobingizni eslay olasizmi? U sizga qanday taassurotlar qoldirganinichi? Balki ana shundan keyin o‘z shaxsiy kutubxonangiz bo‘lishini istab, kitoblar to‘play boshlagandirsiz. Ilk kitob javoningizga kitoblarni joylashtirish hayajoni qanday bo‘lishini his etganmisiz? Albatta, bu barcha orzu qiladigan istak. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Suroxndaryo viloyatida ham Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida “Ma’naviyat festivali” doirasida tashkil etilgan “Mening ilk kitob javonim” tadbiri har bir ishtirokchi qalbida ana shunday istaklar tug‘dirgan bo‘lishi aniq.
Ushbu tadbir bahonasida yuridik fanlari doktori, professor Mirodil Baratov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Farida Umarova va Yodgora Ziyomuhammedovalar, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchisi, xonanda Maftuna To‘rayeva hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bo‘lim boshlig‘i Аlisher Аzimovlar Sherobod tumanidagi “Oltinvoha” mahallasida joylashgan 38-sonli maktabda tashrif buyurdi. Mehmonlar so‘zga chiqib, barchani kitobxonlikka chorladi. O‘zlarining fikrlari, boshidan kechirgan qiziqarli voqealarni so‘zlab berdilar. Xonanda Maftuna To‘rayeva ijrosidagi ajoyib kuy-qo‘shiqlar esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun