Maqsad qamrovni 100 foizga yetkazish…

Date:

Termiz shahrida maktabgacha taʼlim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar 15 731 nafarni tashkil etadi. 2023-yilning 1-yarim yillik holati bo‘yicha shahardagi 147 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti bo‘yicha jami 32 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 7715 nafar; 5 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotiga 332 nafar; 20 ta davlat xususiy sheriklikdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2071 nafar; 88 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotiga 2378 nafar 3-7 yoshli bola qamrab olingan. Maqsad esa qamrovni bosqichma-bosqich kengaytirib, bolalar qamrovini yuz foizga yetkazishdir.
Bu borada esa e’tiborga molik ishlar amalga oshirilib, yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilayotir. “Chegara” mahallasida davlat xususiy sheriklik shaklidagi 40 o‘ringa ega “Super kids” nomli 101-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi ana shu yo‘ldagi sa’y-harakatlarning davomi bo‘ldi, deyish mumkin.
Ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarning vaqtini mazmunli tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan va malakali hamda o‘z ishining ustalari bo‘lmish pedagog-tarbiyachilar jalb etilgan. Ha aytgancha, uchbu muassasada tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishlari uchun kunlik menyuga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun