Bog‘chalarda oziq-ovqat xavfsizligi tahlil qilindi

Date:

Maktabgacha yoshdagi bolajonlarning boshlang‘ich bilimlarni olishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni nihoyatda muhim. Ammo, shuni ham e’tiborga olish lozimki, tarbiyalanuvchilar bog‘chada vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga sog‘lom ovqatlanish rejimiga ham amal qilishlari lozim. Xo‘sh, MTTlarida oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanganmi? Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev rahbarligida Angor tumanidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda ta’minotchi korxonalar ishtirokida boshqarma binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bolalarga sifatli mahsulotlarni yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.


Bu borada qator bog‘chalarda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar tanqid ostiga olinib, bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etish, turli muddati o‘tgan, iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni iste’moldan chiqarish, tashkilotning tozaligi va gigiyenik holatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Bu bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan aniq va tezkor choralar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun