Kasanachi ayollar o‘z ishini boshladi

Date:

Boysun hunarmandchiligi katta bir maktab. Albatta, boysuni do‘ppi-yu liboslarga tushirilgan naqshlarning o‘ziga xos jozibasi va janubiy vohaning issiq ranglarini o‘zida mujassam etgani bilan qimmatli va qadrli. Ushbu hunarmandchilik maktabi uzoq yillar davomida butun dunyo folklorshunos hamda san’atshunoslari tomonidan o‘rganilgan, tadqiq etilgan.
Hozirgi kunga qadar xalqning qimmatli merosi sifatida o‘rganilib kelinayotgan hunarmandchilik maktabi vaqt silsilasidan omon o‘tib, sayqallanib bormoqda. Boysun tumanidagi “Narzi qushbegi” MCHJ tomonidan tashkil etilgan savdo kompleksidagi “Milliy hunarmandchilik markazi” loyihasi esa milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tumanda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator oilaviy korxonalar ishsiz ayollarni kasanachilik asosida band qilib, ushbu hunarmandchilik markazida jam etdi. Buning natijasida 100 taga yaqin doimiy hamda 450 taga yaqin uylarda faoliyat ko‘rsatuvchi kasanachi ayollar o‘z tadbirkorligini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun