“An’anaviy avgust kengashlari” doirasida…

Date:

Qaysidir o‘quvchining ruhiyatida o‘zgarish bormi, oilaviy va artofdagilar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘layaptimi, bu o‘qishiga ta’sir qilmasligi va munosib fe’l-atvorda bo‘lishligi uchun ham psixologning yordamiga tayaniladi. Ana shunday o‘quvchi bilan maktab psixologi individual shug‘ullanib, suhbat va mashg‘ulotlar yordamida bolaga yordam berishga harakat qiladi.
Psixologlar bu bilan kifoyalanmay maktabda borligini bildirish, munosib faoliyat yuritish uchun doimiy tarzda turli mashg‘ulot va treninglar o‘tkazib, o‘quvchilarni ruhlantirishi, to‘g‘ri yo‘naltira olishi lozim. Ana shunday ishlarni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida maktab psixologlari uchun “An’anaviy avgust kengashlari” doirasida onlayn o‘quv-seminar o‘tkazildi.


O‘quv-seminarda umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 1500 ga yaqin psixologlar hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Seminar davomida tizimda faoliyat yuritayotgan psixolog xodimlarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish, o‘zgarishlarni tizim xodimlariga yetkazish, yangi o‘quv yilida ijtimoiy-psixologik xizmat, kasb-hunarga yo‘naltirish va inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasida muhim va ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazildi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida psixologik faoliyatni samarali tashkil etish, xulq-atvorida psixologik og‘ishi bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan korreksion ishlarni tashkil etish masalalari, yillik ish reja va tegishli hujjatlar bilan ishlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar aniq, ijrosi muhim

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida...

Maktablar qishga tayyor

Termiz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi...

“Maromiylik” — isrofning oldini oladi

Yurtimizda to‘y va marosimlarni tartibga solish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish...

Kelishuv manfaatli boʻldi

Surxondaryoda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun