“Zukko kitobxonlar” bellashdi

Date:

Bugungi kunda yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, intellektual salohiyati, iqtidorlarini namoyish etish maqsadida ko‘plab loyihalar, ko‘rik-tanlov va tadbirlar uyushtirilmoqdaki, bu bilan albatta, ko‘zlangan maqsadga yetish oson kechmoqda.
Ana shunday loyihalardan bir “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovidir. Ushbu tanlov kitobxon yoshlarni kashf etishga, kitob bilan do‘stlashishga undayotgani bilan ahamiyatli. Ushbu tanlovda tomoshabin sifatida ishtirok etgan ham ishtirokchilarning fikrlariga quloq tutar ekan, fikrlarimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qiladilar.
Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi va viloyatning 15 ta tuman (shahar)idan kitobxon jamoalar ishtirok etdi. Har bir shart qiziqarli va muhokamalarga boy bo‘ldi. Jamoalardagi har bir ishtirokchining mustaqil fikriga egaligi, berilgan asarlarni sidqidildan o‘qiganini ularning faolligidan, teran fikrlaridan bilish, sezish mumkin.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Oltinsoy tumani jamoasi 3-o‘rin bilan 3 000 000 so‘mlik vaucherni, Jarqo‘rg‘on tumani jamoasi 2-o‘rin bilan 4 200 000 so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘ringa esa Sariosiyo tumani jamoasi munosib ko‘rildi va 6 000 000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi. Shuningdek, faol ishtirok etgan jamoalar ham 300 ming so‘mlik vaucher bilan mukofotlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun