… uyi zamonaviy ko‘rinish kasb etdi

Date:

Yolg‘iz ona bo‘lib, farzand tarbiya etishning o‘zi bo‘lmaydi. Qornini to‘qlasangiz, ustini butlashga qo‘lingiz kaltalik qilgandek bo‘ladi. Qolaversa, farzandlarning o‘qishi, qo‘shimcha darslari bo‘ladi. Bularning barini birdek ushlash uchun esa onaga oson bo‘lmaydi. Afsuski, jamiyat hayotimizda ana shunday yolg‘iz onalar ham borki, ular turmush zahmati, mushtiga jimgina chidab, bardosh va sabot bilan yashab kelishayotir. Sariosiyolik Zuhra Rahmonova ham yolg‘iz boshi bilan 3 nafar farzandni oq yuvib, oq tarab ulg‘aytirdi. To‘g‘ri, turmushlarida kam-ko‘sti bo‘lgandir, ammo mehr va e’tiborini ayamadi. 3 qorako‘zni ulg‘aytirishning o‘zi bo‘lmaydi, albatta. Ana shunday tashvishlar bilan bo‘lgan opaning uyi esa ta’mirtalab ahvolga kelib qoldi…
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilayotgan bir paytda yolg‘iz onalar ham ana shu e’tibor va qo‘llovdan chetda qolayotgani yo‘q. Prezident tomonidan ilgari surilayotgan siyosatni joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanlarda bo‘lganida, aynan Sariosiyo tumani Marjona mahallasida istiqomat qiluvchi Zuhra Rahmonovaning xonadonida ham bo‘lib, uyini ta’mirlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Shundan so‘ng, qurilish va ta’mirlash ishlari boshlanib ketdi. Qisqa vaqt ichida tuman hokimligi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan eski uy buzilib, yangitdan qurib topshirildi. Xonadon sohibasi va farzandlarining esa quvonchi cheksiz. Endi ular yangi va fayzli uyda yashashadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun