4 YILLIK SARSONGARCHILIKKA BARHAM BERILDI

Date:

Tadbirkor davlat himoyasida deya bot-bot takrorlaymiz-u tadbirkorlarning huquq va majburiyatlarini bilmasliklari ana shunday himoyadan foydalana olmasliklariga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday sherobodlik fuqaro ham 4 yil sarson bo‘lishiga to‘g‘ri keldi. Fuqaroga tegishli tumanning “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasi hududida joylashgan 4000 kv.m. maydonda joylashgan oshxona binosi buzib tashlandi. Tomonlarning tegishli kelishuv bitimi tuzilganligiga qaramay, kerakli kompensatsiya puli to‘lanmay kelinayotgan edi.
Ra’ni Abdujalilova tuman adliya bo‘limiga ushbu holatdan norozi bo‘lib murojaat yo‘lladi. Murojaat adliya bo‘limi tomonidan vakolat doirasida o‘rganib chiqilib, tuman hokimligidan fuqaro R.Abdujalilovaga buzilgan do‘koni uchun to‘lab berilmagan kompensatsiya pullari undirib berilishi yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi. Natijada fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, tuman hokimligidan murojaatchi foydasiga 491 690 822 so‘m miqdorida kompensatsiya pullari undirilishi sud tartibida belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun