Brifing: 18:00 ga qadar 68,3 foiz surxondaryolik saylovchi ovoz berdi

Date:

Ertangi kunidan umidi katta, tinch va farovon hayot turmush kechirishni maqsad qilgan fuqarolar saylovda faol ishtirok etmoqda. Ertalab soat 8:00 da uyushqoqlik bilan boshlangan saylovda 18:00 ga qadar 963 ming 92 nafar saylovchilar o‘zlari munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.


Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasida tashkil etilgan matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda batafsil ma‘lumot berildi.
Ta’kidlash joizki, viloyatimizda jami 1 415 767 nafar fuqaro saylovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 403 ming 506 nafari muddatidan ilgari ovoz bergan.


Mamlakatimiz taraqqiyotini belgilashga xizmat qiladigan ushbu siyosiy jarayonda fuqarolarning o‘z xohish irodasini erkin ifoda etayotgani vohaliklar ham mamlakat taqdirida o‘zini daxldor deb bilishi va ovozi muhim ekanligini dildan his qilgan holda saylovda ishtirok etayotgani diqqatga sazovor.
Saylov jarayonlari soat 20:00 ga qadar davom etadi.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun