Saylov ochiq, oshkora va yuqori saviyada o‘tkaziladi

Date:

Mamlakatga rahbar tanlash jarayoni fuqarolar uchun ana shu shaxsga butun xohish-irodasini, kelajak taqdirini topshirishini anglatadi. Shunday ekan, rahbar xalqning vakili, uning ishonchini oqlaguvchi kishi bo‘lishi shart. Joylarda o‘tkazilib kelinayotgan tar g‘ibot-tashviqot tadbirlari, turfa xil brifing, majlislarning barchasida kelajakka sergaklikni oshirish maqsad qilingan, desak yanglishmaymiz. Ana shu yo‘nalishda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi tomonidan navbatdagi anjuman o‘tkazilib, unda saylov jarayonida kechayotgan o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.


Ta’kidlab o‘tish joizki, saylov uchastkalari fuqarolarning o‘z xohish-irodasini mustaqil ifoda etishi uchun zamonaviy usulda jihozlanib, erkin ovoz berishga barcha sharoit yaratilgan. Uchastka saylov komissiyalarining 685 tasi maktablarda, 58 tasi kollej, litsey va texnikumlarda, 7 tasi oliy ta’lim muassasalarida, 13 tasi mahalla guzari va binolarida, 25 tasi davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda, 17 tasi harbiy qismlarda, 19 tasi tibbiyot muassasalarida, 9 tasi adliya va davlat xizmatlari markazlarida, 24 tasi madaniyat va sport markazlarida, 4 tasi tadbirkorlik subyektlarining zamonaviy binolarida joylashgan. Saylov uchaskalariga 9 ming 645 nafar komissiya a’zosi jalb etilgan.
Xabaringiz bor, Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 20-iyunidagi qaroriga muvofiq saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan fuqarolar 28-iyundan 5-iyulgacha muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi. Anjuman davomida ushbu jarayon tugallanganligi haqida aytib o‘tilib, natijalar xususida qisqacha ma’lumot berildi.


Ma’lum bo‘lishicha, barcha saylov uchastkalari saylov kuni yashash joyida bo‘lmaydigan fuqarolarning muddatidan ilgari o‘z konstitutsiyaviy huquqini ifoda etishi uchun qonunchilikda belgilangan 5 foiz miqdoridagi saylov byulleteni bilan ta’minlandi. Okrug hududidagi 861 ta saylov uchastkalarida saylovchilar 1 415 767 nafarni tashkil etdi. Ularning 8 273 nafari ilk marta saylovda qatnashayotgan yoshlardir. 28-iyundan 5-iyul soat 18:00 ga qadar saylovchilarning 43 506 nafari muddatidan ilgari ovoz bergan.


— Bizning endigi vazifamiz sizlar bilan birga 9-iyul kuni saylovni Saylov kodeksida belgilangan tamoyillar asosida ochiq, oshkora va yuqori saviyada o‘tkazishdan iboratdir, — deydi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi raisi Abdusalom Xo‘jaqulov. — Buning uchun o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiyalarning vakillariga saylovning qanday o‘tayotganini kuzatib borishi uchun tegishli mandatlar topshirildi. Qonunchilikka muvofiq saylovga 3 kun qolguniga qadar barcha uchastkalarga saylov byulletenlari yetkazib berildi. Bundan tashqari barcha uchastkalarda saylovchilar ro‘yhatlari SJBAT dasturidan yuklab olinib, uchastkadagi saylovchilar ro‘yhati stendlariga joylashtirildi.
Matbuot anjumani yakunida Markaziy saylov komissiyasidan akkreditatsiyadan o‘tgan bir guruh jurnalistlarga guvohnoma va saylov jarayonlarini yoritish bo‘yicha amaliy qo‘llanma topshirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Dildora Otaqulova,
Naimullo Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gʻolib oʻqishga qabul qilinadi

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida Tataristonning “Alabuga” erkin iqtisodiy...

Chiqindidan elеktr enеrgiyasi ishlab chiqariladi

7 ta hududda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Yurtimizning barcha hududlarida, viloyat, shahar va tumanlarida iftorlik dasturxonlari...

Dunyoning yеtti moʻjizasi

Bir maktabda “Dunyoning yеtti moʻjizasi” mavzusida dars tashkil etildi....
KunTun
KunTun