“Dekret ta’tili”: qanday tartibda beriladi?

Date:

Farzand kutayotgan ayollarni “dekret ta’tili”ga chiqish hamda qancha miqdorida nafaqa olishlari qiziqtiradi. Ayni berayotgan ma’lumotlarimiz ana shunday savollarga munosib javob bo‘lsa, ajab emas. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan ayolga ikki xil ta’til beriladi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili, oddiy qilib aytganda “dekret ta’tili” hamda homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqasi byudjet tashkilotlari tomonidan — mehnat haqi jamg‘armasiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan — foyda solig‘ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2022-yilning sentyabr oyidan boshlab byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasining qismi to‘lab berilishi yo‘lga qo‘yilgan. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasining Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan qismi (keyingi o‘rinlarda – nafaqa) minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari miqdorida tayinlanadi. Hozirgi kunda bu 1 994 228 so‘mni tashkil qiladi.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqish uchun fuqarolarga tibbiyot muassasasi (oilaviy poliklinika, tug‘ruq muassasasi, qishloq vrachlik punkti) tomonidan homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi. Shundan so‘ng, tibbiyot muassasasining mas’ul xodimi (hamshirasi) tomonidan ushbu varaqadagi ma’lumotlar “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi. “Tibbiyot” axborot tizimi ayolning ma’lumotlarini “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga yo‘naltiradi. Ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda bo‘lishi lozim. Bu imtiyozlar Mehnat kodeksida keltirilgan bo‘lib, nodavlat va davlat tashkilotlari uchun bir xilda amal qiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi fuqaroning rasmiy bandligi va ish staji hamda mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarini avtomatik ravishda aniqlaydi hamda belgilangan mezonlarga mos kelganda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlaydi. Nafaqa tayinlanganligi haqida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali ayolning telefoniga SMS xabar yuboriladi. Ayolning nomiga ochilgan, faol holatdagi bank plastik kartasi mavjud bo‘lsa, nafaqa o‘sha bank kartasiga o‘tkazib (to‘lab) beriladi.
Agar bank plastik kartasi mavjud bo‘lmasa, SMSda yashash joyidagi AT “Xalq banki”ning filialiga murojaat etishi ko‘rsatiladi. Murojaatga asosan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi naqd pul ko‘rinishida to‘lab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili beriladi. Bunda, homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’iy nazar, to‘liq beriladi.
Bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta’tili, uning xohishiga ko‘ra, bola parvarishlash ta’tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi. Bolani parvarishlash ta’tili vaqtida to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida yoki ish beruvchi bilan kelishuv bo‘yicha uyda ishlashi mumkin.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

Oldingi sahifaSovrin mezbon jamoada qoldi
Keyingi sahifa“Obonato!”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xitoy bilan sanoat loyihalari amalga oshiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “Hebei...

QOZOG‘ISTONDAN MEDAL BILAN…

Mehnat va izlanish, albatta, o‘zining ijobiy natijasini beradi. Buni...

Necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi...

Ziqna zaqqum

Kiyimlarining oxori to‘kilib, eskirib ketgan ayol, eriga yolvordi: "Jon...
KunTun
KunTun