So‘z isboti bilan…

Date:

Kimdir nimagadir targ‘ib qilar ekan, albatta, buning isbotini uning o‘zida ham ko‘rishingiz shart. Aks holda targ‘ibot ishonchli chiqmaydi. Tasavvur qiling, ozishga targ‘ib qilayotgan dietologning o‘zi ortiqcha vaznda bo‘lsa… bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ayni shunday sog‘ligimiz posbonlari bo‘lmish, shifokor-u hamshiralar ham sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishsa-da, bunga o‘zlari amal qilmasa, ularning aytganlari befoyda ketadi.
Aytganiga o‘zlari amal qiladigan Denov tumani tibbiyot birlashmasining hamshiralari esa fikrlarining isbotini namoyish etish maqsadida “Hamshira sport elchisi” shiori ostida tashkil etilgan sport musobaqasida ishtirok etdilar. Musobaqa davomida hamshiralar sportning voleybol turi bo‘yicha bellashdilar.
Jarayon qiziqarli davom etdi. Hamshiralar vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga jismoniy harakatlar qilib chiniqdilar. G‘oliblik uchun kurashlar esa murosasiz va keskin vaziyatlarga boy bo‘ldi. Musobaqada 1-o‘rinni tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limi hamshiralari egalladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun