“Uch avlod uchrashuvi”

Date:

Keksalarning purma’no gap-so‘zlari, hayotiy tajribasi, bilim-salohiyati yoshlar tarbiyasida, o‘qib-o‘rganishida, komil inson bo‘lib shakllanishida muhim omildir. Shundanmi, vohamizda tez-tez nuroniylar, o‘rta valod vakillari hamda yoshlar bir davraga jam bo‘lib, bir piyola choy ustida suhbatga tutinishadi.
Navbatdagi ana shunday “Uch avlod uchrashuvi” ham 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Termiz davlat universiteti tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tashkil etildi.


Uchrashuvda turli sohalarda samarali faoliyat yuritgan faxriy mehmonlar, harbiylar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda mehmonlar yosh avlod vakillariga o‘zlarining bosib o‘tgan hayot yo‘llari haqida, muvaffaqiyatlari va hayotidagi qiyinchiliklari, shuningdek, universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, harbiy qism komandirlari yoshlarga harbiylar hayoti, bugungi kunda yoshlar uchun berilayotgan imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Mazmunli va samimiy tarzda o‘tgan bu uchrashuvdan uch avlod vakillari birdek mamnun bo‘lishdi.


Gapni gapir uqqanga deb bejiz aytilmagan, mana shundayin fayzli va sermazmun davra suhbatlari, uchrashuvlarda pishigan, o‘ziga tegishlicha tajriba to‘play borgan, nuroniylar maslahati-yu, olqishini olgan yosh avlod vakillari, muvaffaqiyatga erishsa erishadiki, aslo kam bo‘lmaydi.

E’zoza Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun