Аngorda 11,5 milliard so‘mlik motel faoliyat yuritadi

Date:

Motel rivojlangan davlatlarda keng ommalashgan bo‘lsa-da, bizning lug‘at boyligimizga endigina kirib kelayotgan tushuncha. Filmlar orqali yaxshi tanish bo‘lgan motellar asosan avtoturistlar uchun mehmonxona degani. Motellar katta avtomagistral boʻylarida, yirik shaharlar atrofida, kurortlarda va turistlar eʼtiborini jalb qiladigan xushmanzara joylarda quriladi. Ular koʻproq yil boʻyi ishlaydigan va 100-200 kishiga moʻljallangan bir necha boʻlinmalar: mehmonxona, restoran, texnik xizmat koʻrsatish studiyasi, yonilgʻi shoxobchasi, garaj va boshqa yordamchi xonalardan iborat boʻladi.
Sal avval Аngor tumani “Yangi turmush” mahallasi, M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li yoqasida “Xayitalibek Surxon” MChJ tomonidan loyiha qiymati 11,5 milliard so‘m bo‘lgan, 70 ta ish o‘rni yaratish imkoniyati mavjud motel va xizmat ko‘rsatish markazi qurilishi haqida xabar bergan edik.
Afsuski, negadir qurilishda sustkashlik bo‘lib, loyihani ishga tushirish muddati kechikayotir. Xo‘sh, bunga sabab nima? Surxondaryo viloyati rahbari mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida manzilda bo‘ldi. Loyihani ishga tushirishga to‘sqinlik qilayotgan sabab va mavjud muammolar xususida tadbirkor bilan suhbatlashdi. Ishlarning sust borayotganligi, hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmaganligi bo‘yicha eʼtiroz bildirdi.
Qurilish-taʼmirlashni tezlashtirish, sifatli amalga oshirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha tadbirkorga tavsiyalar berildi. Tuman mutasaddilariga loyihani amalga oshirishda tadbirkorga ko‘mak ko‘rsatish, kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash vazifalari topshirildi. Qisqa muddat ichida muammolar bartaraf etilib, loyiha ishga tushadigan bo‘ldi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bilimi sinovdan oʻtmoqda

Termiz shahridagi 9-maktabda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng...

Tajriba almashishdi

Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va...

Boysun osmonida 35 xil rang

“Boysun bahori” turizm markazida xalqaro folklor festivali tadbirlari ko‘tarinki...

Qadriyatlar sadosi yangrar

Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm majmuasida...
KunTun
KunTun