Mavsum boshlandi

Date:

Telefonimizga havo haroratining qizigandan-qizishi, quyosh tig‘ida yurmaslik tavsiya etilgan sms-xabarnomalar kelib, har birimizni sergaklantirgandek bo‘ladi. Haqiqatan ham erta tongdan issiq havo kun yarimlamay, xorg‘inlashtirib qo‘yayotgani ham rost. Albatta, soya va salqin joylarda jon saqlashga to‘g‘ri kelayotir. Ammo, ob-havoning bunday injiqligi yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘l olgan bolalar uchun ta’sir qilmayapti. Chunki kayfiyatlarining a’loligi va oromgohda maroqli dam olish ishtiyoqi bunga yo‘l qo‘ymayotir.


Surxondaryo viloyatidagi sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z faoliyatini boshlab, ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tumani Kengashi tomonidan 24 nafar, O‘zbekiston Davlat muassasasi va jamoat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tumani Kengashi tomonidan 16 nafar bola Sherobod tumanining purviqor tog‘ tizmalari etagida joylashgan “Surxon-Beshbuloq-Sherobod” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga, “Vandob oltin buloq”, “Xonjiza” oromgohlariga dam olishlari uchun yuborildi.


O‘z navbatida “Beshbuloq-Surxon-Sherobod” bolalar oromgohida bolalarni munosib dam olishi uchun yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Qolaversa, dam oluvchilarning mazmunli xordiq chiqarishlari uchun kunlik dasturlar rejasi ham puxta tuzilgan. Asosiysi, oromgohga qadam qo‘ygan har bir bolajon bu yerda o‘zgacha manzaraga guvoh bo‘ladi. Toza va salqin havo esa tanga hush yoqadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Konstitutsiya – tenglik va adolat garovi!”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Yaxshi dam, mehnatga hamdam

Sariosiyo tumani hokimligi hamkorligida harbiy xizmatchilarning dam olish kunlarini...

Bozor arzon, odamlar mamnun

Jarqo‘rg‘on tumani "Dehqon oziq-ovqat bozori" hududida aholiga qulaylik yaratish...

Bolalardan endi ko‘ngil to‘q

Surxondaryoda kunduzgi parvarish xizmatlari yanada kengaymoqda. Muzrabot tumanidagi “Oriyat”...
KunTun
KunTun