KITOBGA OSHNO QILDI

Date:

Eng yaxshi sovg‘a bu kitob bo‘lsa kerak. Ayniqsa, izlab yurgan kitobingizni tuhfa qilishsa bormi, eng yaqin do‘stingizni topib berishgandek quvonasiz. Hattoki, kitob o‘qimas do‘stingizga ham kitob sovg‘a qilingchi, hech bo‘lmaganda zerikishdan varaqlaydi-da, albatta, kitob o‘qishni yoqtirib qoladi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik tanlovlari-yu adabiy uchrashuvlar negizida ham siz-u bizni kitobga oshno qilish maqsadi mujassam. Bu esa faqat o‘zimizga foyda ekanini tushunib yetishimiz qolgan xolos.
Bo‘sh vaqtimizni qanday o‘tkazmoqdamiz? Shu haqida bir o‘ylab ko‘rmoqlik va uning har soniyasidan unumli foydalanishni puxta reja qilmoqlik lozim. Albatta, ana shu rejalarning eng oliy pog‘onasida kitob mutolaasi bo‘lar ekan, eng katta topilmamiz ham, kelajak uchun qo‘ygan jiddiy qadamimiz ham shu bo‘ladi.
Bu esa kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish orqali bilimimizni, dunyoqarashimizni boyitishga xizmat qiladi. Termiz davlat universitetida “30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida, “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi ham ana shu maqsadlarga xizmat qildi.
Kitob yarmarkasiga kelgan talabalar so‘nggi yillarda nashr etilgan eng sara adabiyotlar bilan tanishib, ular haqida to‘liqroq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun