210 ta bo‘sh ish o‘rni tavsiya qilindi

Date:

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilsa, ishsiz insonning ko‘ngliga umid chirog‘i uchqunlanganday bo‘ladi. O‘zi uchun ham munosib ish topilishiga umid bog‘lab, yarmarkaga yo‘l oladi. Angor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga yuqoridagi kabi umid va ishonch bilan kelgan 103 nafar fuqaro o‘zlari uchun munosib ish o‘rni qidirdi. Izlovga hamohang tarzda 28 ta korxona va tashkilot 210 ta bo‘sh ish o‘rinlarini tavsiya qildi.
Aytish joizki, mehnat yarmarkasidan hech kim norizo ketmadi. Ishga joylashmoqchi bo‘lgan 79 nafar fuqaroga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishga joylashish to‘g‘risida yo‘llanmalar berildi. Jumladan, ish bilan band bo‘lmagan 5 nafar fuqaro doimiy ishga joylashgan bo‘lsa, 71 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, 3 nafar fuqaroga qayta o‘qitish kurslariga yo‘llanma berildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun