“Shodlik” bog‘ida piknik uyushtirildi

Date:

Piknik uyushtirilgani haqida tez-tez eshitamiz. Tabiat qo‘ynida, toza havoda ko‘ngil yozishning ham o‘ziga yarasha gashti bor. Bu insonni yashashga, hayotga, ertangi kunida aniq maqsad qo‘yishda munosib motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarga ana shunday motivatsiya berish maqsadida Muzrabot tumani hokimligi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi hamda tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamkorligida “Shodlik” bog‘ida ana shunday tadbir tashkil etildi. Tashabbusga “labbay” deya javob qaytargan yoshlar faol ishtirok etdi.


Piknik uchun ajratilgan bog‘ni kuzatsangiz, haqiqatan ham bir olam zavq-shavq olasiz. Yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etib, munosib ko‘ngil yozishdi. Tabiat qo‘ynida ijodkor-rassom yoshlar surat chizishga tutingan bo‘lishsa, boshqa tomonda bir guruh yoshlar kurash maydoni hosil qilib, bilagida kuchi, yuragida o‘ti bor ko‘ngilli yosh polvonlar kurash tushdilar. Futbol o‘yinlari tashkil etildi. Sportsevarlar esa stol tennisi musobaqasida o‘zaro kuch sinashdilar.


Yakunda esa g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun