Haj ziyoratiga jamg‘arilgan mablag‘ga ko‘prik qurildi

Date:

Insonning ko‘rki yaxshilik bilan. Ammo, hammamiz ham o‘z manfaatimizdan, orzu-havasimizdan ortib savob ishga qo‘l uravermasligimiz tan olishimiz lozim bo‘lgan haqiqatdir. Shunday insonlar borki, ko‘p manfaatini o‘zinikidan ustun qo‘yadi. Ularning hayot yo‘li esa xalq uchun ibrat. Xalq deputatlari Boysun tuman kengashi deputati Ramazon Abdullayev ham ana shunday saxovatpecha, ko‘ngli ochiq insonlardan. Qalbida iymon, ongu shuurida ma’naviyat nuri porlab turgan otaxon muborak haj safariga borish uchun bir umr yig‘indi. Chamasidagi mablag‘ yig‘ilganida esa musulmonlik farzini ado etish uchun ketish o‘rniga odamlarning joniga ora kirishni o‘yladi…
Boysun tumanida Gumatak nomli qishloq bor. Tog‘ qo‘ynida joylashgan qishloqda yashashning o‘ziga yarasha gashti bo‘lishi bilan birga qiyinchiliklari ham yo‘q emas. Ayniqsa, bahor, qish oylarida qishloqdagi soyga sel kelib, mahalliy aholi uchun ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi. Qishloq markaziga qatnash deysizmi, maktabga borish-kelishmi, bari haqiqiy mashaqqatga aylanadi. Ota-onalar ham farzandlarini maktabdan qaytishlarini yurak hovuchlab kutadi. Masala jiddiy, ammo unga yechim topishga kelganda e’tibor yo‘qligi yomon. Yuqorida aytganimizdek, otaxon deputat Ramazon Abdullayev ham ayni shu qishloqda yashaydi. Qishloqdoshlarining boshidan kechirayotganlarini ko‘rib-bilib turadi. Ham deputat emasmi, bir chekkada jim qarab tura olmadi. O‘zi tashabbus bilan chiqib, haj safariga jamg‘argan mablag‘ini hamqishloqlari uchun ushalmas orzuga aylangan ko‘prik qurilishiga sarf etdi. Shu tariqa ko‘prik qurilishi boshlanib ketgan edi. Qisqa muddatda ko‘prik bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Ha, Gumatakka yo‘lingiz tushsa, albatta, ushbu ko‘prikdan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. O‘shanda ko‘prikning nechog‘lik pishiq va xavfsiz ekaniga o‘zingiz ishonch komil qilasiz. Haqiqatan ham ushbu ko‘prik yog‘in-sochinli kunlarda nafaqat piyodalar balki, og‘ir yuk mashinalari ham xavfsiz harakatlanadigan darajada keng va mustahkam. Qolaversa, uzoq muddat xalqning beminnat xizmatida bo‘ladi. Saxovatpesha otaxon esa ko‘pning duosini oladigan bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tizimda yangi choralar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz...

Mahalla muammolardan holi hududga aylanadimi?

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlaridagi mahallalari...

MAROSIMLAR MAROMIGA YETDI

Soya-salqinda, yam-yashil maysazor ustida sochlarini qirq kokil qilib, do‘ppi...

SHIRIN TASHVISHLARGA BOSHLAYDI, LAPAR

Navro‘z milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz tarannum etiladigan ayyomdir. Onamizning shirali...
KunTun
KunTun