Hamkorlik shartnomasi imzolandi

Date:

Nafaqat ilm-fan sohasida, balki tibbiyot sohasida ham xorij tajribasini o‘rganish, amaliyotga keng joriy etish o‘z ijobiy natijasini bermay qolmaydi. Ana shunday maqsadni ko‘zlagan holda Samarqand shahrida ilk O‘zbekiston-Germaniya tibbiyot forumi tashkil etildi. Mazkur forum davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Germaniyaning INTАМТ Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini belgilovchi memorandumda filial pofessor-o‘qituvchilarini Germaniyaning nufuzli tibbiyot muassasalari va klinikalarida stajirovkalar o‘tashlari belgilangan. Qolaversa, Germaniyada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar filialga jalb qilinadi va o‘z navbatida filial talabalarini shartnoma asosida yozgi amaliyotlarini Germaniyada o‘tashi yo‘lga qo‘yiladi. Muzokaralar davomida ayni shu masalalar muhokama qilindi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun