Tadqiqot ishlari olib borilmoqda

Date:

Madaniy meros obyektlarini boricha saqlay bilish ham san’at aslida. O‘tmishning zalvorini bor bo‘yicha avlodlarga yetkazishda ana shunday obyektlarning ko‘rinishiga gard ham yuqtirilmasligining harakati qilinadi. Bu albatta, har bir avlodning oldidagi burchdir.
Davlatimiz rahbarining Surxondaryoga tashrifi chog‘ida viloyatimiz hududidagi 10 ta madaniy meros yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish belgilab berilgan bo‘lib, ayni kunlarda ushbu topshiriqlarning amaliy ijrosi qizg‘in tus olgan. Ya’ni, ushbu obyektlarning 3 tasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ekspeditsiya a’zolari bo‘lmish xitoylik arxeologlar tomonidan tumanda e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirimoqdaki, bildirilgan taklif va g‘oyalar o‘rinli.


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, ushbu “Rabot” arxeologik yodgorligi hududida olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan tanishdi. Ekspedisiya a’zolari bilan muloqot qildi. Muloqot davomida xitoylik arxeologlar tumanda arxeologiya muzeyi tashkil etish va dunyo tamaddun beshiklaridan biri bo‘lgan Boysunda topilgan eksponatlarni joylashtirish taklifini bildirdi.
Aytish joizki, “Rabot” arxeologik yodgorligi hududida olib borilgan tadqiqot ishlari davomida ikki ming yillik tarixga ega “yueji” davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metal va tosh taqinchoqlar, temir pichoqlar topilgan bo‘lib, hozirda O‘zbek-Xitoy qo‘shma arxeologik tadqiqotlari davom ettirilmoqda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun