10 NAFAR BOLAJONNING SUNNAT TO‘YI O‘TKAZILDI

Date:

Yurtimizda ijtimoiy himoya masalasiga katta e’tibor qaratilgan. Buning negizida xalqimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj vakillarini qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz emasligini anglatish g‘oyasi mujassam. Shu sababdan ham uysizlarga uy-joy qurib berilayotir. Kerakli tibbiy yordam masalalari deymizmi, ish bilan ta’minlanish, imtiyozli kredit va subsidiyami, xullas barcha jabhada yengilliklar yaratib berilayotir.


Qiziriq tuman hokimi Sh.Rajabov va tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i I.Abdullayev tashabbusi bilan esa yana bir ezgu ishga qo‘l urildi. “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi, boquvchisini yo‘qotgan 11 ta oila farzandlariga sunnat to‘yi qilib berildi. to‘y bolalarning yaqinlari, oila a’zolari samimiy yozilgan dasturxon atrofida jam bo‘lishib, dildan yayradilar. San’atkorlar tomonidan yangragan sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushdilar.
Tuman hokimi to‘ybolalarni tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun