Eksport hajmi 350 ming dollarga teng

Date:

Yaxshidan bog‘ qoladi deyishadi. Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayontoq” mahallasi hududida parrandachilik bilan shug‘ullanib kelguvchi “Parranda kompleks savdo” MCHJ rahbari ham aholiga sifatli tuxum va parranda go‘shtini yetkazib berishdek katta ishga qo‘lganiga qaramay, ishini kengaytirishni, boshqa tomondan o‘zidan bir bog‘ qolishini o‘yladi. Shunday o‘y bilan yangi loyihaga qo‘l urib, 7 gektar maydonda zamonaviy tipdagi intensiv usulda tokzor tashkil etishga kirishdi.
Yaxshi ishning xabari esa tez tarqaladi, deganlaridek yangidan-yangi tashabbus va g‘oyalarni boshlab qo‘ygan tadbirkorning faoliyatiga Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham qiziqib, mazkur loyiha bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga bordi. Yangi tokzorni ko‘zdan kechirdi.
Aytish kerakki, loyiha qiymati 2,5 milliard so‘m bo‘lgan tokzordan yiliga 200 tonna uzum olish, yetishtirilgan mahsulotning 80 foizini eksportga yo‘naltirib, yillik eksport hajmini 350 ming dollarga yetkazish mumkin. Ushbu reja amalga oshadigan bo‘lsa, nafaqat xalqimiz ahli sara va hushta’m uzumdan bahramand bo‘ladi, balki tadbirkor ham mo‘may daromad ko‘radi. Ishbilarmon odamlar imkoniyatdan unumli foydalanishni yoqtiradi. Shu sababdan ham tokzor oraliqlaridagi bo‘sh maydonlar ham shunchaki tashlab qo‘yilmadi. Bu maydonlarga esa poliz ekinlari yetishtirmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun