Haydovchilik guvohnomasi talab etilmaydi… mi?

Date:

Ukam skuter oldi-yu, endi haydovchilik guvohnomasi uchun o‘qishim kerak degan yangi mashmashani boshladi. “Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–153-son, 11.05.2023-y.)ning qabul qilinishi bilan ba’zi transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024-yil 1-yanvargacha to‘xtatib turiladigan bo‘ldi.
Masalan, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 santimetr kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalarini, shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni aytish mumkin. Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur.
Qolaversa, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga kiritildi. Ilgari esa faqat shaxsiy transportdan foydalangan holda tovarlarni yetkazib berish o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turi hisoblangan.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun