Ma Jianning ilk darsi katta qiziqish uyg‘otdi

Date:

Talabalar har kuni maroqli o‘tishini, yangi bilimlar olishni istaydi. Shuning uchun ham har bir dars mashg‘ulotlaridan yangilik, motivatsiya kutadi. Bu esa o‘qituvchi-pedagogdan o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashmoqni, fanga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqni talab etadi. Termiz davlat universitetining talabalari ham erta tongdan ana shunday kayfiyat bilan oliygohga qadam qo‘yishdi. Ularni auditoriyada notanish o‘qituvchi, professor Ma Jian kutib oldi. Turgan gapkiyigit-qizlarning qiziqishi ortdi.
Dars boshlandi. Mavzu esa “Qadimgi insoniyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar” haqida. Professor mavzuga shu qadar sho‘ng‘ib ketdiki, tarjimon ham tarjima qilishda professordan qolishmadi. Talaba-yoshlar esa yangidan-yangi ma’lumotlarni jon quloqlari bilan tinglab, o‘zlari uchun qayd etib borishdi. Taassurotlar esa a’lo.


Mana shunday dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashib turish yoshlarning fan sirlarining yangi qirralarini kashf etishlariga sabab bo‘ladi. Qolaversa, Termiz davlat universiteti va Xitoyning shimoli-g‘arbiy universiteti o‘rtasida 2 yilga mo‘ljallangan dastur imzolanishi kutilayotir. Shu bilan birga talabalar almashinuvi, stajyor va doktorantlarni ikki taraflama almashuv asosida o‘qitish hamda o‘qituvchilarning malaka oshirishi ko‘zda tutilgan.

H.Baxtiyorova

Oldingi sahifaMohinur talaba bo‘ldi
Keyingi sahifaRo‘molcha

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktab quvvati 180 o‘ringa kengayadi

Ta'lim infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar nafaqat yangi binolar, balki...

Umrga tatigulik saboq

Atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish, eng avvalo, bolalik davridan boshlanadi....

Xavfsizlik — mas’uliyat

Yo‘l harakati xavfsizligi faqat qoidalarga rioya qilish emas, balki...

Fuqarolik jamiyati rivoji — samarali hamkorlikdan boshlanadi

Fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki davlat va jamiyat o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun