Muammolar mas’ullarning tilida qolib ketmayaptimi?

Date:

Surxondaryo telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etib boriladigan “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvini kuzatib borsangiz kerak. Unda soha mas’ullari taklif etiladi-da, xalq muammolari, murojaatlari yo‘llanadi. O‘z navbatida mas’ullarning “o‘rganib chiqamiz”, “hal etamiz” mazmunidagi javoblarini eshitamiz. Shundan so‘ng muammo hal, olam gulistondek taassurot uyg‘onadi. Xo‘sh, haqiqatan ham shundaymikan? Murojaatlar, muammolar ekranda, rahbarlarning tilida qolib ketmayaptimi?
“Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvining Sariosiyo tumani sektorlari hamda korxona, tashkilot rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sonida aholi tomonidan bir qator murojaatlar yo‘llangan edi. Yuqoridagi savollarga javob topish maqsadida tumandagi Shohjahon mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning murojaati o‘rganildi. Haqiqatan ham fuqaro ishsiz, yordamga muhtoj bo‘lganligi sababli hokim yordamchisidan yordam so‘ragan. Ko‘rsatuvdan so‘ng mas’ullar fuqaroning yashash xonadoniga tashrif buyurib, ijtimoiy ahvolini o‘rgangan, yashash sharoiti bilan tanishgan. O‘rganishlar natijasida o‘zi va oilasining daromad manbaiga ega bo‘lishlari va bandligini ta’minlash maqsadida kerakli yordam ko‘rsatilgan. Ya’ni 2 dona asalari uyasi hamda payvandlash uskunasi topshirgan.
Fuqaro va uning oila a’zoli ko‘rsatilgan yordamdan mamnun. Endi ularning-da, doimiy mashg‘ul bo‘ladigan ishlari bor. Ustiga-ustak qilingan mehnatning mevasini ham olishlari, daromad ko‘rishlari mumkin.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar...

Tezlik 150 km/soatga yetadi

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda ruxsat etilgan maksimal tezlik 150...

Adabiy uchrashuvda

Oltinsoy tumanidagi Axborot-kutubxona markazida mashhur shoira, “Oltin qalam” mukofoti...

142 murojaat koʻrib chiqildi

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va...
KunTun
KunTun