AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

Date:

Inson umri har narsadan qadrli. Mehnat muhofazasi va mavjud tartiblarga amal qilish esa ishchi-xodimlarning xavfsizligi uchun muhim sanaladi. Bu borada tizimli tartibda o‘tkazib turiladigan tadbirlar tashkil etib, mavjud qoidalarni yana va yana takrorlab targ‘ibot qilinishi foydadan holi bo‘lmaydi. Shu sababdan ham xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003-yildan buyon 28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” sifatida keng nishonlanadi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining “Mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulodda holatlarning oldini olish va ishlab chiqarish nazorati bo‘limi masʼul xodimlari va mehnat jamoalarida mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakillar ishtirokida “Sariosiyotumangaz” gaz taʼminoti bo‘limida sana munosabati bilan o‘quv amaliy-seminar tashkil etildi. Seminar ishtirokchilariga ish joyida jarohatlanish holatlari va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi masalalarida eʼtiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelinayotganligi maʼlum qilindi.


“Hududgaz Surxondaryo” GTF “Jarqo‘rg‘ontumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi binosida o‘quv-amaliyot maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu maydonchada doimiy amaliy seminarlar tashkil etib borilmoqda. Seminar davomida ishtirokchilarga mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, o‘qitish, bilimlarini sinash tartiblari bo‘yicha yangi qabul qilinayotgan hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi. Albatta, korxonalarda xodimlar uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish ishlarini takomillashtirish muhim. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Shuningdek jarayonda ishtirokchilar mehnat muhofazasini taʼminlash yo‘nalishidagi ishlar, xodimlar uchun tayyorlanayotgan maxsus kiyim bosh, shaxsiy himoya vositalari namunalari o‘rin olgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialiga qarashli 9 ta gaz to‘ldirish inshootlarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Qolaversa, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbarlari va ishchi-xodimlarning to‘g‘ri harakat qilishini muvofiqlashtirish, ularni xavfsiz hududga ko‘chirish va jabrlanganlarni tezkorlik bilan qutqarish ishlarini tashkil etish, jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etishga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari doimiy o‘tkazilib borilayotganligi to‘g‘risida maʼlumotlar va foto albomlar ham ko‘rsatib o‘tildi.
Seminar Uzun tumaidagi gaz to‘ldirish inshootida davom etdi. Aytish kerakki, ushbu GTSH orqali bugungi kunda viloyatning Sariosiyo va Uzun tumanlari aholisiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bundan tashqari gaz to‘ldirish shaxobchasi hududida maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazish hamda taʼmirlash markazi ish olib borayotir. Press-tur ishtirokchilari shaxobchada malakali muxandis hamda texnik xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari, ovqatlanish, dam olish va yuvinish xonalari bilan tanishdilar.
Shuningdek, tuman va shahar gaz taʼminoti bo‘limining 3 nafar xodimi sohada namunali ishlayotgani uchun faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

A.Qobilov,
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining boshlang‘ich kasaba uyushma raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Odamlar

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu...

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish...

Ipoteka krediti takror moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 12.02.2025-yildagi O‘RQ-1028-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga...

Bolalar maydonchasi o‘rnida

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni...
KunTun
KunTun