“Yangi kuch”da pavloniyalar bo‘y ko‘rsatdi

Date:

Tadbirkorlik qilib, shu orqali el koriga yarayman, ro‘zg‘orimga baraka olib kiraman degan kishiga hech bir kuch to‘siq bo‘lolmaydi. Chunki bugun ishbilarmon kishilar qadr topgan, faoliyati qo‘llab-quvvatlanayotgan davr. Uzunlik G‘ofur Sotiboldiyev ham tadbirkorlikning orqasidan non yeyishni bolalikdan boshlagan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ishning ko‘zini biladigan, mehnatdan qochmaydigan, harakatchan bu qahramonimiz pavloniya degich ajib bir daraxtning dovrug‘ini eshitib yurgani uchun ham hech ikkilanmasdan ushbu daraxt ko‘chatlarini ezgu niyat ila yerga qadadi.
Pavlovniya daraxti juda tez oʻsuvchi oʻsimlik boʻlgani bois, yerga ekilgan nihol bir yilda 5 metrgacha boʻy choʻzadi. Gʻofur Sotiboldiyev ham 40 sotix maydonga pavloniya koʻchatlarini ekib parvarish qilib kelmoqda.
“Pavloniya yaxshi parvarish qilinsa, 7 yilda bu daraxtning diametri 70 santimetr, boʻyi 15-20 metrgacha boradi. Ya’ni, pavlovniyaning toʻliq yetilishi uchun odatda 7 yil kerak boʻladi, ammo u zaminda qancha koʻp tursa, qiymati shuncha ortib boraveradi. Ushbu daraxtning guli shirasi asalarilar uchun ham koni foyda ekan. Aprel-may oylariga toʻgʻri keladigan gullash mavsumida 1 ta asalari oilasi 10-15 kilogramm asal yigʻadi. Agrotexnik ishlov berilishiga qarab 7 yilda 1 gektaridan 350-500 metr kub sifatli yogʻoch olish mumkin. Oʻzbekiston sharoitida birinchi yilidan 6-7 metrgacha oʻsishini hisobga olsak, 7 yildan 1 gektaridan 500 metr kubdan koʻproq yogʻoch olish mumkin”ligi haqida berilib so‘zlayotgan Gʻoffur aka haqiqatdan ham pavloniyalariga katta umid bog‘lagan, “qilingan mehnat albatta, o‘z samarasini beradi”, deya ikki ko‘zi pavloniyalarga qadalgan.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun