Kimlar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi?

Date:

Kelajagiga katta umid bog’lagan yosh borki, albatta, Prezident maktabida o’qishni, munosib ta’lim-tarbiya olishni istaydi. Kirish imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko’rib, ana shu maktabning o’quvchisi bo’lishga harakat qiladi. Shuni ham aytish kerakki, Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘ta olmagan o‘quvchilar xafa bo’lib, tushkunlikka tushishlariga hojat yo’q. Sababi ular ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi.
Yangilik sifatida aytish mumkinki, endi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5- va 7-sinflarga amalga oshiriladi. Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari natijalari Ixtisoslashtirilgan taʼlim mussasalari agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida eʼlon qilinadi. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul taʼlim oladi. Ha aytgancha, kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi va imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun